Elektron soliq xizmatlarini yanada qulay va samarali ko‘rsatish maqsadida my.soliq.uz va my3.soliq.uz portallari yagona platformaga birlashtirilmoqda.
2026-06-03 16:25:00 / Qo'mita yangiliklari

Hurmatli foydalanuvchilar!
Bugungi kunda barcha asosiy xizmatlar my3.soliq.uz platformasida to‘liq ishlamoqda. Shu munosabat bilan my.soliq.uz portalining eski talqini bosqichma-bosqich yopiladi.
10-iyundan boshlab my.soliq.uz portali avtomatik tarzda yangilangan platformaga yo‘naltiriladi.
• Barcha asosiy elektron xizmatlar saqlanib qoladi.
• Shaxsiy kabinet va ma’lumotlar o‘zgarishsiz qoladi.
• Qo‘shimcha ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi.
• Xizmatlardan foydalanish odatdagi tartibda davom etadi.
Elektron soliq xizmatlari yagona portali – yanada qulay va tezkor xizmatlar.
