Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-05-31 18:00:00 / Qo'mita yangiliklari

Tadbirkorlik — iqtisodiyot taraqqiyoti, yangi ish o‘rinlari va aholi farovonligining muhim omilidir.
Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda faoliyatini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida Andijon viloyatining Qo'rg'ontepa va Asaka tumanlarida seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida Prezidentimizning PF-95-sonli hamda PF-100-sonli farmonlari mazmun-mohiyati, ularning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi.





