O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining kasbiy qayta tayyorlash kurslariga 2026/2027 o‘quv yili uchun fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy sud ixtisosliklari bo‘yicha qabul e’lon qilinadi.
2026-05-22 17:05:00 / E’lonlar va tenderlar

E’LON!
Tayyorlash kursiga o‘ttiz to‘rt yoshdan kichik bo‘lmagan (2026-yilning 31-dekabr kuniga qadar o‘ttiz to‘rt yoshga to‘ladigan), oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo‘yicha kamida yetti yillik ish stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash Akademiyaning olti oylik kasbiy qayta tayyorlash kurslarida davlat granti asosida sud ixtisosliklari bo‘yicha tashkil etiladi.
Qayta tayyorlash kursiga kirishda talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
– Qayta tayyorlash kursi ixtisosligi yo‘nalishini hamda test topshiradigan xorijiy tilni ko‘rsatgan holda Akademiya rektori nomiga ariza;
- shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID shaxs guvohnomasi) nusxasi;
– ma’lumotnoma-ob’ektivka (yozma va elektron shaklda);
– tayanch oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi bakalavr diplomi (ta’lim yo‘nalishi: yurisprudensiya; ta’lim shifri: 5240100 yoki 5380100) va ilovasining asli va nusxasi yoki tashkilotning kadrlar bo‘limida tasdiqlangan nusxalari, agar diplom tan olingan (nostrifikatsiya qilingan) bo‘lsa, bu haqdagi hujjat nusxasi (bunda diplomning asli nusxasi bilan solishtirilib, egasiga qaytariladi);
– mehnat daftarchasining notarial tasdiqlangan yoki tashkilotning kadrlar bo‘limida tasdiqlangan nusxasi yoki my.gov.uz interaktiv xizmatlari orqali olingan va maxsus kod (QR-kod) mavjud bo‘lgan elektron nusxasi;
– O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining 2026 yil
19 fevraldagi 2108-sonli qarori bilan tasdiqlangan shakldagi tibbiy xulosa (086-1 shakl).
Talabgorlardan ariza va hujjatlar 2026 yil 16 may soat 09:00 dan 5 iyun soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.
Ariza va hujjatlar viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar sudyalari malaka hay’atlari yoki bevosita Qabul komissiyasiga talabgor tomonidan yozma shaklda taqdim etilishi mumkin.
Ma’lumot uchun tel: (998) 55-501-02-40.
Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy.
Qabul komissiyasi
