O‘tkazilgan soliq auditi natijalari
2026-05-19 11:25:00 / Infografika

2026-yilning yanvar-aprel oyida davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliqlarni toʻlamaslik xavfi yuqori boʻlgan 1 338 ta tadbirkorlik subyektida soliq auditi oʻtkazildi. Bu ushbu davrda faoliyat koʻrsatgan jami soliq toʻlovchilarning (589,1 mingta) 0,22 foizini tashkil etadi.
▫️Aniqlangan soliq xavfi summasi – 8,5 trln soʻm;
▫️Soliq auditida aniqlangan summa – 3,9 trln soʻm.
Soliq auditida aniqlangan summa sohalar kesimida:
▪️ savdo va umumiy ovqatlanish sohasida – 1,9 trln soʻm (47,3%);
▪️ qurilish sohasida – 899,5 mlrd soʻm (22,5%);
▪️ xizmat koʻrsatish sohasida – 317,9 mlrd soʻm (7,9%);
▪️ ishlab chiqarish sohasida – 229,5 mlrd soʻm (5,7%);
▪️ transport sohasida – 138,6 mlrd soʻm (3,5%);
▪️ qishloq xoʻjaligi sohasida – 122 mlrd soʻm (3,1%);
▪️ boshqa sohalarda – 401,7 mlrd soʻm (10%).
Oʻtkazilgan soliq auditlarida 619 ta soliq toʻlovchida 6,6 trln soʻm soliq bazasi yashirilgan:
🔸 234 ta subyektda 1,8 trln soʻmlik realizatsiya qilingan tovarlar summasi koʻrsatilmagan;
🔸 203 ta subyektda 2,6 trln soʻmlik tovarlar inventarizatsiya paytida ombor yoki realizatsiya joyida mavjud boʻlmagan;
🔸182 ta subyektda 2,2 trln soʻmlik kirim qilinmagan tovarlar saqlangan va (yoki) realizatsiya qilingan.
Bugungi kunda aniqlangan soliq summalaridan toʻlov muddati kelgan 1,2 trln soʻmning 156 mlrd soʻmi toʻlab berildi.
