Diqqat! Soxta soliq xabarlari orqali firibgarlik holatlari ko‘paymoqda
2026-05-19 15:25:00 / Qo'mita yangiliklari

So‘nggi kunlarda ayrim firibgarlar Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi nomidan tadbirkorlar va fuqarolarga soxta elektron xatlar yubormoqda.
Soliq qo‘mitasi ushbu xabarlar rasmiy emasligini va ular firibgarlik maqsadida tarqatilayotganini ma’lum qiladi.
Mazkur xabarlar orqali:
▫️telefon va kompyuterlarga zararli dastur yuklatish;
▫️bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish;
▫️login, parol va SMS-kodlarni o‘g‘irlash;
▫️tadbirkorlarni soxta “tekshiruv” yoki “jarima” bilan qo‘rqitish kabi holatlar kuzatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz: Soliq organlarining barcha rasmiy xabarlari faqat soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti my3.soliq.uz platformasi yoki Soliq qo‘mitasining rasmiy axborot manbalari orqali yuboriladi.
Quyidagilarni aslo amalga oshirmang:
▪️noma’lum havolalarni bosish;
▪️shubhali fayllarni yuklab olish;
▪️elektron xatdagi APK/ZIP/PDF fayllarni ochish;
▪️login, parol va SMS-kodlarni kiritish.
Hushyor bo‘ling, firibgarlar tuzog‘iga tushmang va shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizligini ta’minlang.
Soliq qoʻmitasi Matbuot xizmati
