Sportni sev, sport bilan yasha!
2026-05-18 15:05:00 / Qo'mita yangiliklari
Qashqadaryo viloyati soliq xizmati xodimlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Joriy yilgi bellashuvlarda 16 ta jamoa, 200 nafarga yaqin ishtirokchilar qatnashdi.
Natijalarga ko‘ra:
- Koson tumani soliq inspeksiyasi jamoasi – 1-o‘rin;
- Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi jamoasi – 2-o‘rin;
- Ko‘kdala tumani soliq inspeksiyasi jamoasi – 3-o‘rinni egalladi.
Musobaqa sovrindorlariga diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
