Xotira – muqaddas, qadr – aziz!
2026-05-08 18:45:00 / Qo'mita yangiliklari
Xotira – muqaddas, qadr – aziz!
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Soliq qoʻmitasi tomonidan soha faxriylari hamda yosh xodimlar ishtirokida "Qatagʻon qurbonlari xotirasi" davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar muzeyning boy ekspozitsiyasi, nodir tarixiy hujjatlar va eksponatlari bilan yaqindan tanishdi. Bu orqali ular xalqimizning og‘ir tarixiy davrlari, mustaqillik sari bosib oʻtilgan mashaqqatli yoʻl haqida yanada keng tasavvurga ega boʻldilar.
Shuningdek, “uch avlod uchrashuvi” tadbiri doirasida soha faxriylari oʻzlarining koʻp yillik amaliy tajribalari, hayotiy saboqlari va ezgu oʻgitlarini yosh xodimlar bilan oʻrtoqlashdilar.
Bu muloqot yoshlar uchun katta maʼnaviy maktab boʻlib, ular qalbida Vatanga muhabbat, tarixga hurmat, tinchlik va osoyishtalikka shukronalik tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
