O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida soliq ma’muriyatchiligi sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda
2026-05-07 11:10:00 / Qo'mita yangiliklari

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida soliq ma’muriyatchiligi sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda
Koreya Respublikasi Milliy soliq xizmati (Korea National Tax Service) taklifiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi delegatsiyasi ayni kunlarda Jeju shahrida xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — soliq ma’muriyatchiligi sohasida, ayniqsa:
▫️ soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tizimi,
▫️ raqamli boshqaruv mexanizmlari,
▫️ professional ta’lim va kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarida Janubiy Koreyaning ilg‘or tajribasini o‘rganish hamda o‘zaro institutsional hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
Tashrifning birinchi kunida:
- sifat menejmenti va institutsional baholash tizimi,
- maslahat xizmatlari infratuzilmasi,
- telefon orqali murojaatlarni raqamli boshqarish,
- internet asosidagi onlayn maslahat platformalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
Koreyalik mutaxassislar tomonidan sohada qo‘llanilayotgan zamonaviy yechimlar va innovatsion yondashuvlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, maslahat markazlari xodimlarini tayyorlash tizimi, samaradorlikka asoslangan rag‘batlantirish mexanizmlari hamda zamonaviy ish muhitini shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi mutaxassislari fikricha, Janubiy Koreya tajribasi soliq organlari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilgari surilgan tashabbuslardan biri sifatida:
“Koreya Respublikasining raqamli boshqaruv va zamonaviy kommunikatsiya tajribasiga tayangan holda, mavjud koll-markaz faoliyatini onlayn murojaat platformalari bilan integratsiya qilish orqali aholi va tadbirkorlar bilan muloqot sifatini yangi bosqichga olib chiqish, murojaatlarni ko‘rib chiqish tezkorligi va ochiqligini sezilarli darajada oshirish mumkin.”
