Ehtiyot boʻling, feyk xabar!
2026-05-06 12:55:00 / Qo'mita yangiliklari
Soliq qo‘mitasi fuqarolarni bu haqiqatga to‘gri kelmasligi, feyk xabar ekanligi to‘g‘risida rasman ogohlantiradi.

Ehtiyot boʻling, feyk xabar!
Ijtimoiy tarmoqlarda Soliq qo‘mitasi Raisi nomidan soxta akkaunt ochilib Jamoatchilik kengashi aʼzolarining shaxsiy maʼlumotlarini noqonuniy tarqatish holati boʻyicha tekshiruv oʻtkazilayotganligi haqidagi soxta xabarlar tarqalmoqda.
Soliq qo‘mitasi fuqarolarni bu haqiqatga to‘gri kelmasligi, feyk xabar ekanligi to‘g‘risida rasman ogohlantiradi.
To‘g‘ri va ishonchli axborotni faqat Soliq qo‘mitasining rasmiy manbalaridan olish mumkin.
Firibgarlarga aldanib qolmaslik uchun fuqarolarni hushyor va ogoh bo‘lishlarini so‘raymiz!
