Soliq qarzdorligi uchun korxonalarning mol-mulklari xatlandi
2026-05-02 15:05:00 / Qo'mita yangiliklari

Soliq qarzdorligi uchun korxonalarning mol-mulklari xatlandi
Andijon viloyati soliq boshqarmasi hamda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda mavjud soliq qarzdorliklarini majburiy undirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar egaligidagi mol-mulklari xatlanmoqda.
Xususan,
– "M" MCHJning 1 mlrd 96 mln so‘m soliq qarzdorligi uchun noturar bino inshooti;
– "YIK" DMning 951 mln so‘m soliq qarzdorligi uchun avtomashinasi xatlandi.
– "XSS" MCHJning 1 mlrd 200 mln so‘m soliq qarzdorligini bartaraf etish yuzasidan o‘tkazilgan xatlov jarayonida 1 mlrd so'm mablag‘ undirildi.
Ta’kidlash joizki, soliq xizmati organlari tomonidan soliq qarzdorligini qisqartirish, soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini hamda mahalliy budjetga tushumlarni oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ta'sirchan tadbirlar mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.





