Ijro sanʼati va soliq madaniyati: raqamlar va natijalar
2026-05-02 17:30:00 / Qo'mita yangiliklari

Ijro sanʼati va soliq madaniyati: raqamlar va natijalar
Xonandalar tomonidan “Konsert-tomosha faoliyati” xizmati boʻyicha soliq deklaratsiyalarini taqdim etish davom etmoqda.
Joriy yil 1-may holatiga konsert-tomosha faoliyati litsenziyasiga ega boʻlgan va 2025-yilda ushbu faoliyatdan olgan daromadlari boʻyicha 1 100 nafar xonandalar soliq deklaratsiyasini taqdim etgan.
Jami yillik deklaratsiya asosida 6 478,5 mln soʻm daromad koʻrsatilib, shundan soliqqa tortiladigan daromad 5 091,9 mln soʻmdan 599,7 mln soʻm daromad soligʻi hisoblandi.
Shundan:
I - Reyting guruhida 47 nafari 1 495,8 mln soʻm daromad koʻrsatib, shundan soliqqa tortiladigan 1 173,1 mln soʻmdan 140,8 mln soʻm daromad soligʻi;
II - Reyting guruhida 100 nafari 901,4 mln soʻm daromad koʻrsatib, shundan soliqqa tortiladigan 699 mln soʻmdan 83,9 mln soʻm daromad soligʻi;
III - Reyting guruhida 953 nafari 4 081,3 mln soʻm daromad koʻrsatib, shundan soliqqa tortiladigan 3 219,7 mln soʻmdan 375,2 mln soʻm daromad soligʻi hisoblandi.
Taqdim etilgan 1 100 ta jami yillik deklaratsiyaning:
🔹 375 tasida daromad 1,0 mln soʻmgacha 213,1 mln soʻm (oʻrtacha yillik soliq summasi 54,4 ming soʻm);
🔹 576 tasida 10 mln soʻmgacha 2 553,2 mln soʻm (oʻrtacha yillik soliq summasi 420,7 ming soʻm);
🔹 102 tasida 20 mln soʻmgacha 1 414,6 mln soʻm (oʻrtacha yillik soliq summasi 1,3 mln soʻm);
🔹 28 tasida 40 mln soʻmgacha 860,6 mln soʻm (oʻrtacha yillik soliq summasi 2,7 mln soʻm);
🔹 12 tasida 60 mln soʻmgacha 655 mln soʻm (oʻrtacha yillik soliq summasi 5 mln soʻm);
🔹 7 tasida 152 mln soʻmgacha 782 mln soʻm (oʻrtacha yillik soliq 10,7 mln soʻm) koʻrsatilgan.
Toʻlov muddati – 01.06.2026-yil.
Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i ma’muriyatchiligi boshqarmas
