Yurakdan ishlasa, natija shunday boʻladi!
2026-04-30 11:30:00 / Qo'mita yangiliklari

Yurakdan ishlasa, natija shunday boʻladi!
Xorazm viloyati soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Ergashbek G'afurov oʻz faoliyatida nafaqat rejani bajarmoqda, balki ortigʻi bilan uddalamoqda. Buning zamirida faqat mehnat emas, ishga boʻlgan ishtiyoq, yurtga boʻlgan muhabbat, insonlarga boʻlgan masʼuliyat yotadi.
Shu shijoat, shu fidoyilik tufayli u Soliq qo'mitasining 2026-yil I chorak yakuni bo'yicha "Eng faol soliq tizimi xodimi" TOP-30 talik ro‘yxatidan o'rin oldi. Bu – uning shaxsiy yutugʻidan koʻra, butun tizimimiz iftixoridir!
Bu kabi mehnatsevar, masʼuliyatli xodimlar soni ortib borishi tizim samaradorligini yanada oshiradi. Ular misolida soliq xizmatidagi haqiqiy fidoyilik va yuksak masʼuliyatni koʻrish mumkin.
