Onlayn-NKM va TXKM davlat reyestrlariga oʻzgartishlar kiritildi
2026-04-28 13:00:00 / Qo'mita yangiliklari

Onlayn-NKM va TXKM davlat reyestrlariga oʻzgartishlar kiritildi
Qonunchilik talablariga javob bermaganligi sababli:
❌ Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllashga ruxsat etilgan onlayn nazorat-kassa mashinalari, xususan, “Uzkass-185” davlat reyestridan chiqarildi;
❌ Onlayn-NKTga uzluksiz xizmat koʻrsatuvchi texnik xizmat koʻrsatish markazlari jumladan, “Bestpos” MCHJ davlat reyestridan chiqarildi.
Shu munosabat bilan amaldagi reyestrlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi:
- onlayn-NKM davlat reyestri;
- virtual kassalar davlat reyestri;
- texnik xizmat koʻrsatish markazlari davlat reyestri.
Eʼtibor bering: davlat reyestridan chiqarilgan onlayn-NKTdan belgilangan muddatdan keyin foydalanish amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin.
👉 VMQ-943 4-ilovasi 23.11.2019 y.
Sayyor soliq tekshiruvlari boshqarmasi
