Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2026-yil aprel oyi uchun kalendari
2026-04-27 09:05:00 / Qo'mita yangiliklari

Eslatma! 2026-yil 1-may
- qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar boʻyicha yer soligʻi hisoboti (https://t.me/soliqnews/18728) yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organiga taqdim etish oxirgi kuni;
Soliq kodeksining 431-moddasi 1-qismi
- dehqon xoʻjaliklar va qishloq xo‘jaligi yer uchastkalari hamda tadbirkorlik yoki daromad olish uchun mo‘ljallangan noturar joy obyektlariga ega jismoniy shaxslar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash oxirgi kuni;
Soliq kodeksining 448-moddasi 8-qismi
- moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan kalendar yilda tuzilgan nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida xabarnomalar (https://t.me/soliqnews/18632)ni taqdim etishning soʻnggi kuni.
Soliq kodeksining 182-moddasi 2-qismi
