Foyda soligʻi hisobotida daromadlar va xarajatlar toʻgʻri koʻrsatilishi zarur
2026-04-17 14:50:00 / Qo'mita yangiliklari
Foyda soligʻi hisobotida daromadlar va xarajatlar toʻgʻri koʻrsatilishi zarur
2026-yil I chorak uchun foyda solig‘i hisobotini hisobot davri yakunlari bo‘yicha – hisobot davridan keyingi oyning 20-aprelidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Soliq kodeksi 339-moddasi
Foyda solig‘i hisobotini shakllantirishda, xususan, hisobotda daromadlar va xarajatlarni to‘g‘ri aks ettirish uchun quyidagi normalarga e’tibor berishingiz lozim.
Foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda soliq toʻlovchining jami daromadidan daromad olish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar chegirib tashlanadi (chegirib tashlanmaydigan xarajatlar mustasno).
Soliq kodeksi 305-moddasi
Soliq toʻlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida ham, uning hududidan tashqarida ham hisobot (soliq) davri davomida amalga oshirilgan (koʻrilgan), asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlari xarajatlar deb eʼtirof etiladi.
▫️foydalanilmagan moddiy xarajatlarni foydalanilgan deb, ishlab chiqarish hisobotiga qoʻshish;
▫️tovarlarni sotishdan (xizmat koʻrsatishdan) olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga oʻtkazish (sotish hajmini va daromadni (foydani) qasddan kamaytirish);
▫️moddiy, yoqilgʻi-energetika resurslari xarajatlarini (limitlarni) va amortizatsiya (eskirish) normasini sunʼiy ravishda oshirish yoki normativlarni notoʻgʻri qoʻllash;
▫️soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) deb eʼtirof etiladi hamda yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) soliq bazasi summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Soliq kodeksi 223-moddasi
Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliq toʻlovchilardan hisobotlarda asossiz xarajatlarni koʻrsatmaslik, foyda soligʻi bazasini toʻgʻri shakllantirish orqali soliq hisobotlarini oʻz muddatida taqdim etishlarini soʻraymiz.
