Ko‘chma savdo faoliyatini tashkil etish uchun "E-auksion" platformasiga 85 412 ta savdo joylari chiqarildi
2026-04-15 11:05:00 / Qo'mita yangiliklari
Ko‘chma savdo faoliyatini tashkil etish uchun "E-auksion" platformasiga 85 412 ta savdo joylari chiqarildi
“K-savdo” AATda joylashtirilgan ko‘chma savdo joylarini sotib olish uchun "E-auksion" elektron savdo platormasida o‘tkaziladigan auksionda ishtirok etish lozim. Auksion o‘tkazilgandan so‘ng g‘olib ko‘chma savdo joyi narxini to‘liq to‘laydi. Soliq idoralari tomonidan bir ish kuni mobaynida ko‘chma savdo joyining ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi QR-kodli guvohnoma “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali xaridor va operatorga yuboriladi.
2026-yil 1-aprel holatiga:
- 96 711 ta ko‘chma savdo joylari bo‘yicha tegishli idoralarning ijobiy xulosalari olinib, “E-auksion” platformasiga yuborilgan, shundan 85 412 tasi onlayn-auksionga chiqarilgan.
Tadbirkorlar tomonidan "E-auksion" platformasida sotib olingan ko‘chma savdo joylari 49 326 taga yetdi.
Bugungi kunda hududlar kesimida “K-savdo” AAT orqali "E-auksion"ga chiqarilgan eng ko‘p ko‘chma savdo joylari:
I – 12 479 ta - Samarqand viloyatida;
II – 10 764 ta - Xorazm viloyatida;
III – 8 939 ta - Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
IV – 8 390 ta - Toshkent viloyatida;
V – 8 205 ta - Farg‘ona viloyatida.
“K-savdo” axborot tizimiga joylashtirilgan ko‘chma savdo joyi sxemalari tegishli idoralar bilan kelishilgan holda “E-auksion” platformasiga chiqarish ishlari davom ettirilmoqda.
