Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etilmoqda
2026-04-02 18:30:00 / Qo'mita yangiliklari

Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etilmoqda
Mazkur markazda maxsus huquqiy rejim joriy etilib, quyidagi soliq imtiyozlari berilmoqda:
Markaz hududida ko‘rsatilgan xizmatlardan olgan daromadlari yuridik shaxslarning foyda solig‘i va ijtimoiy soliqdan (bundan raqamli (kripto) aktivlar birjalari mustasno);
- chet el fuqarolariga (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga) Markazdagi faoliyat doirasida to‘lagan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan;
Markaz hududidagi markaz organlari tasarrufida yoki foydalanishida bo‘lgan obyektlar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod etiladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning quyidagilardan olingan daromadlari tegishlicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda yuridik shaxslarning foyda solig‘idan ozod etiladi:
▫️ qimmatli qog‘ozlarni sotishdan (agar ular sotish kunida Markaz Fond birjasining rasmiy ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa);
▫️ Markaz ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxslarning ustav kapitalidagi aksiyalar yoki ulushlarni sotishdan;
▫️ Markaz Fond birjasining rasmiy ro‘yxatiga kiritilgan qimmatli qog‘ozlardan olingan dividendlar va foizlar.
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarning Markaz organlari va ishtirokchilaridan mehnat shartnomalari shu jumladan, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida olgan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha daromad solig‘i stavkasi 7 %i etib belgilanadi.
Markaz organlari va ishtirokchilarining xizmatlari QQSdan ozod etiladi.
Mazkur o‘zgarishlar Soliq kodeksiga tegishli tartibda qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng amaliyotga joriy qilinadi.
