Umumiy ovqatlanish xizmati bilan shug‘ullanib kelamiz. Faoliyatimizda Onlayn-NKTdan tashqari boshqa hisobga olish tizimi (dasturiy mahsul)dan ham foydalanamiz. Bu noqonuniymi?
2024-06-21 14:05:00 / Qo'mita yangiliklari
O‘zbekiston hududida aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari Davlat reyestiriga kiritilgan va soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan onlayn nazorat-kassa texnikalaridan (onlayn-NKT) foydalanishi shart.
Savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasida onlayn-NKT bilan bir vaqtda boshqa turdagi (ikkilamchi) fiskal maʼlumotlar* hisobini yuritish tizimlaridan foydalanish taqiqlanadi.
VMQ-943 23.11.2019
Shunga ko‘ra, chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faqat Davlat reyestriga kiritilgan va soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan dasturiy mahsulotlardan foydalanishi lozim.
Maʼlumot uchun: ofd.uz saytida Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-nazorat kassa texnikalari ro‘yxatini va ulardan foydalanish bo‘yicha maʼlumotlarni olish mumkin.
*fiskal maʼlumotlar — hisob-kitoblar to‘g‘risidagi maʼlumotlar, hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyekti to‘g‘risida maʼlumot, hisob-kitobda foydalaniladigan onlayn-NKM, virtual kassalar, Marketpleys yoki operator tomonidan yaratilgan boshqa maʼlumotlar.
