Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash – umumiy vazifamiz!
2026-03-08 09:05:00 / Qo'mita yangiliklari

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash – umumiy vazifamiz!
Zarafshon shahar soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yil yanvar-fevral oylarida yashirin iqtisodiyotning oldini olish, soliq bazasini yashirish holatlarini aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida:
- 72 ta – onlayn nazorat-kassa mashinasi o‘rnatildi
- 12 ta – ijara shartnomasiz faoliyat yuritish holati aniqlandi
- 62 ta – yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
- 34 ta – yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tkazildi
- 42 nafar – norasmiy ishchi legallashtirildi
- 7 ta – markirovka qoidalarini buzish holati aniqlandi
- 52 ta – xarid cheki bermaslik holati qayd etildi
- 23 ta – hujjatsiz faoliyat yuritish holati aniqlanib, tegishli choralar ko‘rildi
Raqamli platformadan o‘rnatgan 633 nafar tadbirkorlar pul aylanmalarni amalga oshirdi!
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish – adolatli va barqaror iqtisodiyotning muhim omilidir.




