Ko‘rik-tanlovning Sirdaryo viloyati bosqichi o‘tkazildi
2026-03-03 11:05:00 / Qo'mita yangiliklari

Ko‘rik-tanlovning Sirdaryo viloyati bosqichi o‘tkazildi
Yoshlar qalbida soliq madaniyatini shakllantirish, huquqiy va iqtisodiy bilimlarni mustahkamlash hamda ularning ijodiy salohiyatini namoyon etish maqsadida o‘tkazilgan tanlovning viloyat bosqichida hududlardan saralangan 33 nafar bilimdon o‘quvchi o‘z salohiyatini namoyish etdi. Ishtirokchilar nafaqat nazariy savollarga aniq javob berdilar, balki mavzuga ijodiy va erkin yondashuvlari bilan ham ajralib turdilar.
O‘quvchilar rasm, insho va videoroliklar orqali soliqning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, davlat budjeti shakllanishi hamda fuqaroning mas’uliyati haqidagi qarashlarini ifoda etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
Eng yaxshi insho — Sardoba tumani 22-maktab o‘quvchisi Rashida Dilraboga,
Eng yaxshi videorolik — Sirdaryo tumani 1-maktab o‘quvchisi Zokirov Ulug‘bekka,
Eng yaxshi rasm — Mirzaobod tumani 1-maktab o‘quvchisi Safarov Asilbekka nasib etdi.
Sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, g‘oliblar respublika bosqichiga yo‘llanma oldilar.






