Diqqat, aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar!
2026-03-02 17:45:00 / Qo'mita yangiliklari
Diqqat, aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar!
2026-yildan boshlab hisobot topshirish tartibida muhim o‘zgarishlar bo‘ldi – endi hisobotlar proaktiv, ya’ni avtomatik shakllantiriladi.
Qanday ishlaydi?
Hisobot topshirish muddati tugashidan 5 kun oldin soliq organlari sizning aylanmadan olinadigan soliq hisobotingizni avtomatik tarzda shakllantiradi va uni my.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetingizga joylashtiradi.
Shaxsiy kabinetga kiring:
“Soliq hisobotlarini yuborish” bo‘limini tanlang
“Avtomat” tugmasini bosing
Shundan so‘ng:
Agar hammasi to‘g‘ri bo‘lsa — hech qanday o‘zgartirishsiz yuborasiz.
Agar xatolik yoki kamchilik bo‘lsa — “O‘zgartirish” tugmasini bosib, tuzatish kiritasiz va hisobotni qayta yuborasiz.
Muhim!
Agar belgilangan muddatgacha hech qanday tuzatish kiritmasangiz, bu avtomatik hisobotga rozilik bildirganingizni anglatadi va hisobot topshirilgan hisoblanadi.
Eslatma:
Aylanmadan olinadigan soliq hisoboti har oy, keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay taqdim etilishi shart.
Shuning uchun shaxsiy kabinetingizni muntazam nazorat qiling – “avtomatik tushdi” deb befarq bo‘lmang!
Shaffoflik va qulaylik – sizning manfaatlaringiz uchun!
