Markirovka tizimini samaradorligini oshirish, sifatli va xavfsiz mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish hamda raqobatni himoya qilishga qaratilgan asosiy o‘zgartirish va qo‘shimchalar
2026-01-27 11:05:00 / Qo'mita yangiliklari

Markirovka tizimini samaradorligini oshirish, sifatli va xavfsiz mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish hamda raqobatni himoya qilishga qaratilgan asosiy o‘zgartirish va qo‘shimchalar
2026-yil iyul oyidan boshlab majburiy raqamli markirovkalash joriy etiladigan va tajriba loyihalari amalga oshiriladigan ayrim turdagi mahsulotlar ro‘yxatiga o‘simlik yog‘i markirovkalash tajriba loyihasiga qo‘shildi;
2021-2026-yillarda identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash talabi joriy qilinadigan mahsulotlar ro‘yxatidagi maishiy texnika mahsulotlaridan lampa va shu turdagi mahsulotlaridan chiqarib tashlandi;
Tibbiy buyumlarni markirovkalash muddatlari o‘zgardi ya'ni 2027-yil 1-iyulga qadar uzaytirildi.
Majburiy raqamli markirovkani ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilar tomonidan mahsulotlarning markirovka kodlariga e’tibor kuchaytirilishi;
Raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar realizatsiya qilinayotganda, markirovkalash qoidalariga rioya qilinishini EHF va ONKT to‘lov cheklarida avtomatik tekshiriladi;
Markirovka tizimi yuzasidan Hududlararo soliq nazorat inspeksiyasi tashkil etiladi;
Hududlararo soliq inspeksiyasi tomonidan masofaviy tekshiruv tartibi joriy etiladi.
