Korrupsiyaga qarshi targ‘ibot ishlari davom etmoqda
2025-10-26 16:25:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi. Uchrashuvlarda soliq sohasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqonuniy holatlar, ularni aniqlash va tezkor xabar berish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbirkorlar o'rtasida soliq organlarida korrupsion holatlar mavjud yoki mavjud emasligi yuzasidan anonim so‘rovnomalar o'tkazildi. Soliq xodimlari tomonidan maxsus flayerlar tarqatilib, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaroning ham burchi ekani alohida ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, korrupsiyaga oid har qanday holat bo‘yicha @dsq_anticorrupciya_bot telegram boti, org@soliq.uz elektron manzili yoki ishonch telefonlari (79-223-53-71, 79-222-00-70) orqali murojaat qilish mumkin.


