"Nuroniylar maskani” binosi foydalanishga topshirildi
2025-09-27 13:55:00 / Yangiliklar
Zarafshon shahri "Konchilar" mahallasi hududida "Nuroniylar maskani” binosini qurish uchun qariyb 1 milliard 360 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lib, shaharning bugungi 60 yillik yubileyida nuroniylarga tuhfa etildi.

Yangi maskanda shahar “Nuroniy” jamg‘armasi uchun xizmat xonalari, zamonaviy kutubxona, sport zali, tibbiy xizmat ko‘rsatish xonasi, madaniy tadbirlar zali, tarixiy lavhalar va ko‘rgazmalar, shuningdek, dam olish xonalari barpo etildi. Bularning barchasi nuroniylarning faol hayot tarzini davom ettirishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.






