Ural Federal universiteti delegatsiyasi NDUda
2025-09-26 17:25:00 / Yangiliklar
Rossiyaning Ural Federal Universiteti Prezidenti Viktor Koksharov boshchiigidagi delegatsiya Navoiy davlat universitetiga rasmiy tashrifni amalga oshirdi. Uchrashuv davomida tomonlar universitetlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, hamkorlik dasturi doirasida qoʻshma loyihalar, akademik va ilmiy tadbirlar, konferensiyalar tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, akademik almashinuv va talaba hamda professor-oʻqituvchilar mobilligi boʻyicha dasturlarni ishga tushirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
— Bugungi uchrashuv oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida strategik hamkorlikni chuqurlashtirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatni rivojlantirish yoʻlida muhim qadamlardan biri boʻldi. Qolaversa, mushtarak aloqalarimiz va oʻzaro hamkorligimiz har ikki tomon uchun ham manfaatli boʻlishiga ishonaman, — dedi V.Koksharov.


