Hududda yana bir yangi maktabgacha ta’lim muassasasi ish boshladi
2025-09-25 15:30:00 / Yangiliklar

Tashkil etilgan tadbirda mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda maktabgacha va maktab ta’limi tizimini isloh qilish, bog‘chalarga bolalar qamrovini oshirish, soha xodimlari uchun yaratilayotgan sharoitlar va amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy samaralari xususida so‘z yuritildi.
Tadbir ishtirokchilari yangidan bunyod etilgan bog‘chada bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy jihozlar va o‘quv-tarbiyaviy muhit bilan yaqindan tanishdi.
Viloyatda maktabgacha ta’lim sohasida joriy yil yakuniga qadar yana 50 ga yaqin maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etilib, 2 ming 150 ta tarbiyalanuvchi o‘rni yangidan yaratiladi. Buning natijasida 3-7 yoshli bolalar qamrovi 87,5 foizga va 6 yoshli bolalar qamrovi esa 98,5 foizga yetkaziladi.


