“Sentob” turizm qishlog‘i OAV va blogerlar nigohida
2025-09-25 09:05:00 / Matbuot anjumanlari
Xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Nurota tumanida joylashgan “Sentob” turizm qishlog‘iga press-tur tashkil etildi.

Press-tur davomida Sentob qishlog‘ining tabiiy go‘zalligi, milliy an’analarga boy hayoti, ekologik imkoniyatlari hamda mahalliy aholining turmush sharoiti suratga olindi. Ishtirokchilar press-tur davomida qishloqning ekoturizm salohiyati, mahalliy hunarmandchilik namunalari va milliy taomlar bilan yaqindan tanishishdi.
Sentob qishlog‘i — Nurota tizmasining bag‘rida, toza havo va tabiiy manzaralari bilan ajralib turadi. Bu yerda qadimiy qo‘rg‘onlar, tog‘li manzaralar, tabiiy buloqlar hamda an’anaviy qishloq xo‘jaligi hayoti o‘zining sof tabiiyligi bilan sayyohlarni o‘ziga tortadi. Yaqinda barpo etilgan sayyohlik infratuzilmasi, mehmon uylari tashrif buyuruvchilarga qulay sharoit yaratadi.





