QIZILQUM BAG'RIDAGI BOBODEHQON
2025-08-12 16:55:00 / Yangiliklar
Bugun Konimex tumanida shirindan shakar mevalar, poliz va oziq-ovqat mahsulotlari nafaqat tuman markazida yetishtiriladi, olis ovullarda ham bobodehqonlar tilimi tilni yorar qovun va tarvuzlar ekib, bepoyon sahroni o'zlashtirib, serunum yerga aylantirmoqda.

Qariyb 30 yildan buyon "Yangiqazg'an" ovulida dehqonchilik bilan shug'ullanib kelayotgan bobodehqon sahro bag'rida 5 gektarlik keng paykalda qovun-tarvuz yetishtirib, aholining dasturxoniga yetkazib kelmoqda.
Tuman hokimi Ruslan Ro'ziyev ovulga safari davomida dala maydonida bo'lib, bobodehqon bilan suhbat qildi, muammo va takliflarini o'rgandi. Cho'lni bog'-bo'stonga aylantirayotgan dehqon tajribasini ommalashtirish tashabbuslari bildirildi.


