O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ XO‘JALIGINI INNOVATSION MENEJMENT TAMOYILLARI ASOSIDA RAQAMLASHTIRISH
2025-07-02 15:25:00 / Yangiliklar

Qishloq xo‘jaligi sohasida quyidagi asosiy tamoyillar muhim hisoblanadi: Moslashuvchanlik – bozor va iqlim o‘zgarishlariga tez javob berish;
-Axborotga asoslangan boshqaruv – raqamli texnologiyalar orqali real vaqt ma’lumotlariga asoslangan qarorlar qabul qilish;
-Innovatsion fikrlash – an’anaviy yondashuvlardan voz kechish va yangicha yechimlar yaratish;
-Resurs tejovchanlik – suv, o‘g‘it, va energiya kabi resurslardan samarali foydalanish.
Qishloq xo‘jaligida raqamlashtirishning eng muhim ahamiyati raqamlashtirish orqali Yer maydonlarini sun’iy yo‘ldosh tasvirlari orqali nazorat qilish, dron va sensorlar yordamida hosildorlikni monitoring qilish, aqlli sug‘orish tizimlarini joriy etish, logistika va yetkazib berish zanjirini avtomatlashtirish, fermer xo‘jaliklarini CRM va ERP tizimlar orqali boshqarishga erishish mumkin, Shu bilan bir qatorda yetarli infratuzilmaning yo‘qligi (internet, texnika), mutaxassislar tanqisligi, moliyalashtirish manbalarining cheklanganligi raqamlashtirish jarayonida bir qancha muammolarga sabab bo‘lmoqda. Aytish joizki, Davlat va xususiy sheriklik asosida raqamli infratuzilma yaratish, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, subsidiyalar va grantlar orqali moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali muammolarni bartaraf qilishga erishish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, qishloq xo‘jaligida innovatsion menejment tamoyillariga asoslangan raqamlashtirish — bu sohaning barqaror rivojlanishiga xizmat qiluvchi asosiy yo‘nalishdir. Raqamli texnologiyalar yordamida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Shu bois, qishloq xo‘jaligida raqamlashtirishni jadallashtirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
A.Rashidov
