IV Toshkent Xalqaro investitsion forumi (TXIF) bo‘lib o‘tmoqda
2025-06-10 16:25:00 / Yangiliklar

Forum 8 mingdan ziyod ishtirokchini, jumladan, dunyoning 100 ga yaqin mamlakatidan 3 mingga yaqin xorijiy mehmonni o‘z bag‘riga oldi.
Forumning asosiy voqeasi — O‘zbekistonning sanoat va investitsiya salohiyatini namoyish etuvchi birinchi Milliy ko‘rgazma bo‘ldi. Unda esa, neft-kimyo, mashinasozlik, qurilish sanoati va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash kabi 10 dan ortiq tez rivojlanayotgan sohalar boʻyicha 90 ta kompaniya o‘z mahsulotlarini taqdim etdi.
Ular orasida Navoiy viloyatidan ham 50 ga yaqin yirik korxonalar vakillari ishtirok etmoqda. Jumladan, "Zarafshan Golden Group", "PETRAWOOL", "GIDRO-STANKO-SERVIS", "Tiancheng Stone", "Zarafshon Industrial Technology" kabi korxonalar nomi ushbu Forum sahifalarida qayd etilyapti.
Bizdan uzoqlashmang va viloyatimiz to‘g‘risidagi eng xolis va tezkor, to‘g'ri ma’lumotlardan boxabar bo‘ling.


