"Rossiya - Islom olami: KazanForum" XVI Xalqaro iqtisodiy forumi o‘z ishini boshladi
2025-05-14 13:50:00 / Yangiliklar
Tatariston Respublikasi markazi Qozon shahrida bugundan "Rossiya - Islom olami: KazanForum" XVI Xalqaro iqtisodiy forumi o‘z ishini boshladi. Unda dunyoning yuzdan ortiq mamlakatidan, aniqrog‘i 103 ta davlatdan delegatsiyalar ishtirok etmoqda.

Ular qatorida O‘zbekiston Respublikasi, xususan Navoiy viloyati delegatsiyasi ham qatnashmoqda.
Viloyat hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi mas’ullar Forum doirasida "Tatariston Respublikasi munitsipalitetlar Kengashi" Assotsiatsiyasida Tatariston Respublikasi Qurilish, arxitektura va turar-joy-kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vladimir Kudryashev, "Tatariston Respublikasi fazoviy rejalashtirish instituti" DBM direktori Oleg Grigorev, "Tatinvestgrajdanproyekt" DUK bosh direktori o‘rinbosari Anjelika Melentevalar bilan uchrashdilar.



