"Besh tashabbus paralimpiadasi"ning Navoiy viloyati bosqichi
2025-05-15 13:10:00 / Yangiliklar
Ayni daqiqalarda Navoiy shahridagi “Kimyogar” o‘yingohida “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning viloyat bosqichi musobaqasi bo’lib o’tmoqda.

Unda hududiy bosqichlarda g'alaba qozongan 286 nafar nogironligi bo'lgan shaxslar sportning para stol tennisi, para yengil atletika, para shaxmat, para shashka kabi 13 ta sport turlari bo'yicha o'zaro bahs olib boradilar.
Sog‘lom turmush tarziga chorlovchi musobaqa nogironligi bo'lgan shaxslar uchun ijtimoiy hayotga moslashuv jarayonini oshirish, ommaviy sportga jalb etishni yangi bosqichga olib chiqish hamda reabilitatsiya qilishni ko‘zda tutadi.



