Zarafshonda bir kunda 4 nafar ayol egizak farzandlarni dunyoga keltirdi
2026-05-21 18:30:00 / Sog'liqni saqlash
Yaqinda Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limida kam kuzatiladigan quvonchli voqea qayd etildi.

Gap shundaki, ushbu muassasaga kelgan ayollarning 4 nafari bir kunning o‘zida egizak farzandlarni dunyoga keltirdi:
➡️ Kamola Sadinova — ikki o‘g‘il;
➡️ Maftuna Toirova — o‘g‘il va qiz;
➡️ Mehriniso Nasriddinova — o‘g‘il va qiz;
➡️ Shahlo Ravshanova — o‘g‘il va qiz.
✅ Tug‘uruq jarayonlari tajribali akusher-ginekologlar, neonatolog va reanimatologlar tomonidan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
‼️ Hozir onalar va chaqaloqlar malakali tibbiyot xodimlari nazoratida o‘zlarini yaxshi his etishmoqda.
📊 Eslatib o‘tamiz: 2026-yilning 1-choragida yurtimizda 4 ming 363 nafar egizak chaqaloq dunyoga keldi. Shundan ikkita tug‘ilganlar 4 231, uchta va undan ortiq tug‘ilganlar esa 132 nafarni tashkil etgan.



