Navoiy viloyati hokimligida shinam kutubxona tashkil etildi
2026-05-21 11:50:00 / Sport va madaniyat
Navoiy viloyati hokimligida xodimlar uchun barcha ko‘rkam sharoitlarga ega, zamonaviy va shinam kutubxona tashkil etildi. Yangi kutubxona faoliyatining asosiy maqsadi – xodimlar uchun qulay, osuda va ma’naviy muhit yaratishdir.

Kutubxona javonlariga siyosiy, badiiy, tarixiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda ilmiy yo‘nalishlardagi qimmatli adabiyotlar joylashtirildi. Xodimlar ushbu manbalardan erkin foydalanib, o‘z malakasini oshirish, tafakkurini kengaytirish va bilimlarini boyitish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Ushbu kutubxona hokimlikda ma’naviy muhitni yanada yuksaltirish, xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va muntazam kitob mutolaasiga rag‘bat uyg‘otishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, bugun — Kutubxonachilar kuni.
Ularning mehnati — ilm va ma’rifatga eltuvchi eng bag‘rikeng xizmatdir.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!



