Navoiyda “Hokim olimpiadasi” musobaqalarining viloyat bosqichiga start berildi
2026-05-19 11:00:00 / Sport va madaniyat
Navoiy shahrida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining dzyudo sport turi bo‘yicha 2-bosqich — “Hokim olimpiadasi” musobaqasi bo'lib o'tdi.

Mazkur nufuzli sport tadbirida Navoiy viloyat hokimi oʻrinbosari Jamshid Xodjayev, Navoiy viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i Jasur Murtozayev, MOQ Navoiy viloyati ijrochi direktori Farhod Rahmonov, sport sohasi mutasaddilari, tajribali murabbiylar ishtirok etdi.
Musobaqa g'oliblari "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqalarining keyingi Respublika bosqichiga yo'lanmani qo'lga kiritadilar.




