E'tirof
2026-05-13 16:15:00 / Yangiliklar
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Nishonni O‘zbekiston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi direktori Azimjon Husanov topshirdi.

Mazkur nishon hududda kasbiy va professional ta’lim tizimini rivojlantirish, yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda sohada olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi amaliy ishlarga berilgan baho sifatida qayd etildi.
