PILLA MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK: TARQATISH ISHLARI JADALLASHDI
2026-04-19 09:45:00 / Yangiliklar
2026-yil pilla hosili uchun aholiga ipak qurti urugʻini tarqatish jarayonlari izchil va uyushqoq tarzda davom ettirilmoqda. Ayni paytda Qiziltepa va Karmana tumanlarida ushbu yoʻnalishda olib borilayotgan ishlar holati oʻrganilib, joylardagi tayyorgarlik darajasiga baho berildi.

Umumiy rejadagi 21 195 quti ipak qurti urugʻidan qoʻshimcha daromad qilish istagidagi fermer xoʻjaliklari va aholiga 4 384 quti yetkazib berilgan.
Urugʻlarni oʻz vaqtida tarqatish orqali pillachilikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va qoʻshimcha daromad manbalarini yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Masʼullar tomonidan joylarda aholiga zarur tushuntirish ishlari ham olib borilib, pilla parvarishi boʻyicha amaliy koʻrsatmalar berilmoqda. Bu esa mavsumni samarali tashkil etish va yuqori hosil olishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

