XATIRCHIDA ZAMONAVIY IT-SHAHARCHA ISH BOSHLADI
2026-04-15 10:20:00 / Yangiliklar
Bugun Xatirchi tumani Amir Temur nomidagi istirohat bog‘ida innovatsion yondashuv asosida barpo etilgan yangi va zamonaviy “IT-shaharcha”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi direktori birinchi o‘rinbosari Jasur Askarov, tuman hokimi Umidjon Adizov, tashkilot rahbarlari, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etdi.
“IT-shaharcha” yoshlarga kompyuter savodxonligi, dasturlash, ingliz tili yo‘nalishlarda sifatli ta’lim beradi. Ayni damda mazkur maskanda 145 nafar yosh mutlaqo bepul zamonaviy kasb-hunar sirlarini o‘rganmoqda.
Ochilish marosimi doirasida tuman hokimi va mehmonlar yoshlar bilan samimiy muloqot qildilar. Uchrashuv davomida iqtidorli o‘g‘il-qizlar o‘zlarining innovatsion loyihalari va qiziqarli takliflarini taqdim etdilar.


