Yoshlar kuni doirasidagi tadbirlarga startapchi yoshlar bilan uchrashuv yakun yasadi
2026-04-10 16:55:00 / Yangiliklar

Xususan, Yashin mini-tank, Navoiy viloyati tadbirkorlarini (qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, IT va boshqalar) global bozorga ulash uchun yaratilgan “BIRGA” raqamli platformasi, “Eco Reward Machine” loyihasi, “Parvona” — O‘zbekistonda ayollar va oilalar uchun maxsus yaratilgan innovasion raqamli platformasi, “ProstorUz” — onlayn imtihonlarda adolat va shaffoflikni ta’minlovchi, sun’iy intellekt (AI) asosidagi monitoring platformasi, “Clearboat” — chiqindi tozalovchi kema, “Raqamli dunyoda bolalar ko‘z salomatligi qalqoni” platformasi shular jumlasidan.
Normat Tursunov tegishli mutasaddi rahbarlarga eng yaxshi startap loyihalar mualliflari bilan yaqindan ishlab, ularning g‘oyalarini amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.




