Normat Tursunov robotexnika bilan qiziquvchi yoshlar bilan uchrashdi
2026-04-10 14:40:00 / Yangiliklar
Yoshlar kuni tadbirlari doirasida viloyat hokimi Normat Tursunov robotexnika bilan qiziquvchi yoshlar bilan ham uchrashib, o‘zaro fikr almashdi, ularning qiziqishlari haqida suhbatlashdi.

Navoiy shahridagi Texnoparkda joylashgan Hazrat Salimjonov rahbarlik qilayotgan "Robotech" to‘garagida bugungi kunda robotexnikaga qiziqadigan 50 nafardan ortiq faol yigit-qizlar tahsil oladi, shu kungacha esa bu o‘quv markazida 500 nafardan ortiq bolalar sohaga o‘qitilgan. Viloyat hokimi ular tomonidan yasalgan robotlar ko‘rgazmasini ham ko‘zdan kechirdi.
Jarayonda dron texnologiyalari, aqlli qurilmalar, masofadan buyruq bajaruvchi robotlar, manipulyatorlar taqdimot qilindi.



