Navoiy viloyati hokimi koreyalik investor Park Yongsik bilan uchrashdi
2026-04-08 11:10:00 / Yangiliklar
Uchrashuv davomida investor tomonidan Navoiy viloyatida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi.

Shuningdek, muzokaralar chog‘ida teri xomashyosini chuqur qayta ishlash, farmasevtika sohasini rivojlantirish, infratuzilmani raqamlashtirish, axborot texnologiyalari sohasida Koreya tajribasini viloyatda joriy etish masalalari ham muhokama qilindi.
Bundan tashqari, tibbiyot uskunalarini ishlab chiqarish, shuningdek tibbiyot muassasalarini davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etish va rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda investor tomonidan amalga oshirilayotgan Tomdi tumanida strategik ahamiyatga ega oltin konida ruda qazib olish loyihasining joriy holati va uni amalga oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.


