"Bo‘sh ish o‘rinlari" mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
2026-04-08 14:50:00 / Mehnat va bandlik
Bugun Navoiy viloyati hokimligi tashabbusi bilan bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi. Unda 50 dan ortiq korxona va tashkilotlar 12 mingdan ortiq bo‘sh ish ish o‘rinlari bilan ishtirok etmoqda.

Tadbirda viloyat hokimi Normat Tursunov ishtirok etib, viloyatimizda aholi bandligi ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish hamda kambag‘allikni qisqartirish doimiy nazoratda ekanligini ta’kidladi.
Ushbu yarmarkada viloyatning barcha hududlaridagi ish beruvchilar o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda tijorat banklari tomonidan kredit yo‘nalishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham berilmoqda. bilan ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, ertaga ham 9-aprel kuni soat 11:00da Navoiy shahridagi Markaziy istirohat bog‘i hududida (Nuroniylar maskani qarshisida) mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.





