PAYSHANBA - YOSHLAR KUNI
2026-04-02 12:10:00 / Yangiliklar
Ayni paytda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Navbahor tumanidagi Yoshlar markazi binosida ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida ochiq muloqot o‘tkazmoqda.

Muloqot davomida yoshlarning tashabbus va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha fikr almashilmoqda.
Shuningdek, yoshlar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni joyida hal etish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olinadi.
Bunday ochiq muloqotlarning joylarga borib o‘tkazilishi an’anaga aylangan bo‘lib, yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularning g‘oya va takliflarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.




