“Men ham ko‘chat ekaman” aksiyasi
2026-04-01 15:40:00 / Ekologiya

Navoiy viloyati, tuman va shaharlarida “Men ham ko‘chat ekaman” aksiyasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish va ekologik vaziyatni yaxshilash yo‘lida viloyat ahli tashabbus ko‘rsatmoqda.
Ushbu tadbirda viloyat hokimi Normat Tursunov, yoshlar, mahalla faollari, davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlari hamkorlikda chor-atrofni obod qilish, bog‘lar va dam olish maydonlarini yaratishda ishtirok etishdi.
Bugun Karmana tumani “Sardoba” mahallasi hududidagi 5 ga maydonda 3,5 mingta ko‘chat ekildi. Ma’lumot uchun, bahor mavsumi davomida viloyat bo‘yicha 5,2 mln dona ko‘chat o‘tqazish rejalashtirilgan.
Bu ishlar faqat daraxt ekish bilan cheklanmaydi. Har bir maydon va unga ekilgan ko‘chat muntazam parvarishni talab etadi. Shu bois, har bir daraxtning o‘suvchanligini ta’minlash, suvsizlikdan qurib qolmasligi va o‘z vaqtida sug‘orish uchun mas’ullar biriktirilmoqda.





