NUROTADA ZAMONAVIY EKO BOZOR QURILISHI BOSHLANDI
2026-03-31 14:45:00 / Aqlli shahar

Qurilish ishlariga start berish tadbirida Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, bunday loyihalarning amalga oshirilishi nafaqat yangi ish o‘rinlari yaratish, balki aholiga qulay va zamonaviy xizmat turlarini taqdim etish, hududning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Loyiha doirasida zamonaviy savdo shoxobchalari, maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari hamda ekologik toza mahsulotlar savdosiga ixtisoslashgan infratuzilma barpo etilishi rejalashtirilgan. Loyihani amalga oshirish natijasida 60 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi hamda mahalliy aholi bandligi ta’minlanadi.
Shuningdek, aholi uchun zamonaviy savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish sharoiti yaratilib, mahalliy byudjetga yillik 1,0 mlrd. so‘m miqdorida soliq tushumlari manbai shakllantiriladi.
Mazkur loyihaning umumiy qiymati 15,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, moliyalashtirish ishlari loyiha tashabbuskori mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.
Ushbu tashabbus Nurota tumanini yanada obod va zamonaviy hududga aylantirish, aholi turmush farovonligini yuksaltirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.


