Ikki nafar navoiylik mukofotlandi
2026-03-19 16:55:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan mamlakatimizda o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, mahallaning Yangi O‘zbekiston hayotidagi o‘rni va nufuzini yanada yuksaltirish, yurtimizda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish orqali inson qadrini ulug‘lash, mahallabay ishlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish borasidagi katta xizmatlari, jamiyatimizda o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, azaliy ezgu an’analarimizni asrab-avaylash, ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash hamda oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir guruh faollar mukofotlandi.

Ular orasida navoiyliklar ham bor.
Konimex tumani 6-oilaviy poliklinikasining «To‘qqiztepa» mahalla fuqarolar yig‘inidagi oilaviy shifokori Aydarova Juldizay Razakovna II darajali «Salomatlik» ordeni bilan taqdirlandi.
Nurota tumanidagi «Munira New Brand» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Xudoyqulova Munira Sunnatilloyevna "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.
