Tomorqadan samarali foydalanish boʻyicha seminar
2026-03-18 09:05:00 / Yangiliklar

Tadbirda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev, Qiziltepa tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Nasriddin Hayitov tajribali usta dehqonlar hamda mahalla aholisi faol ishtirok etdi.
Seminar davomida tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, zamonaviy agrotexnik usullarni qo‘llash, yuqori hosildor ekin turlarini tanlash hamda aholi daromadini oshirish yo‘llari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga kichik yer maydonlarida ham yuqori natijalarga erishish mumkinligi aniq misollar orqali tushuntirildi.
Ta’kidlanganidek, tomorqa yerlaridan oqilona foydalanish nafaqat oilaviy daromadni oshiradi, balki aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirishda ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.



