NAVOIY VILOYATIGA YANA 42 TA AVTOBUS OLIB KELINADI
2026-03-15 13:55:00 / Jamoat transporti
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning Tyanszin shahrida “Yutong” kompaniyasi vakillari bilan ham muzokaralar olib bordi.

Ushbu avtobuslar joriy yilning sentyabr oyiga qadar olib kelinishi bo‘yicha kelishib olindi. Natijada aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga erishiladi.
Eng muhimi mazkur avtobuslardagi zamonaviylik, qulaylik hamda vaqt tejamkorligidan tashqari, yo‘l kiraning arzon ekanligidir.


