Delegatsiyaning Xitoy safari davom etmoqda
2026-03-17 10:30:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida gubernator tomonidan Futszyan provinsiyasida amalga oshirilgan ishlar, mavjud imkoniyatlari, iqtisodiy salohiyati bo‘yicha ma’lumot taqdim etildi.
Samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan muloqotda viloyat hokimi Normat Tursunov ham Navoiy viloyatida konchilik, kimyo, energetika, qurilish materiallari, to‘qimachilik va oziq-ovqat tarmoqlari rivojlangani hamda transport va logistika infratuzilmasi, xususan xalqaro intermodal logistika maqomiga ega bo‘lgan Navoiy ayeroporti, temir yo‘l va avtomobil tarmoqlari bevosita viloyatni Yevropa, Xitoy va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘lashini ta’kidlab o‘tdi.
Bundan tashqari, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida xorijiy investorlar uchun qulay investisiya muhiti yaratilgani va Erkin iqtisodiy zona qatnashchilariga soliq hamda bojxona yengilliklari, yer uchastkalari ajratishda soddalashtirilgan tartiblar va muhandislik infratuzilmasi bilan ta’minlash kabi qulayliklar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv yakunida Provinsiya gubernatori janob Chjao Lun Navoiy viloyatiga taklif qilinib, tomonlar raqamlashlashtirish, qurilish materiallari tarmog‘i, kimyo sanoati yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalarni olib borishga kelishib olishdi.






