“Shinjon” texnologiyasi asosida paxta yetishtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
2026-03-13 14:10:00 / Yangiliklar
Bugun viloyatda ilk bor Karmana tumanida 2026-yilda qishloq xo‘jaligida zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish, “Shinjon” texnologiyasi asosida paxta yetishtirish samaradorligini oshirish hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida amaliy seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarda viloyat hokimi Normat Tursunov, Karmana tumani hokimi Shoxrux Boltayev hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat yurituvchi soha xodimlari, nuroniylar ishtirok etishdi.
Ayni paytda 120 dan ortiq zamonaviy texnikalar olib kelinib, tumanda 2026 yil hosili uchun 5949 gektar maydonda xorijiy nav chigit qo‘shqator usulda ekish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, “Shinjon” usulida ekish rejalashtirilgan 2005 gektar maydon uchun jami 180,5 tonna plyonka va 26,4 ming.km shlang zaxirasi to‘liq yaratilgan.




